Payshanba kuni Afg‘onistonda OTMlarga kirish imtihonlari boshlanadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qabul kvotasi qariyb 70 foizga oshirilganini olqishladi va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun qizlarga teng miqdorda o‘rin berilishiga umid bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv yilidan magistraturada o‘qiyotgan 23 ming nafar qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplanishini ma’lum qildi. Buning uchun 200 mlrd so‘m ajratiladi. Har yili aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishlarida xotin-qizlar uchun kvotaning kamida 50 foizi maqsadli ajratiladi. To‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi.
Qizlar ta’limi va ayollarning ish bilan ta’minlanishiga sarmoya kiritish iqtisodiyotni mustahkamlaydi va imkoniyatlardagi farqni kamaytiradi, deyiladi YUNISEF bayonotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting